Videotelefoniya biznes faoliyat olib borishda keng imkoniyatlar ochadi. Endilikda sizning ish faoliyatingizni samaradorligini oshiruvchi va tezkor qarorlar qabul qilinishida ko’mak beruvchi, qimmatli safar sarf-xarajatlarini o’rnini bosuvchi videomuloqot imkoniyatlaridan foydalanishingiz mumkin. Bir necha videotelefon qurilmalarini uyda, ishxonada va kompaniyangiz bo’limlarida o’rnatsangiz bir vaqtning o’zida “bir necha joyda bo’lish” imkoniyatiga ega bo’lasiz, istagan vaqtingizda boshqa shaharda bo’la turib ham uydan va ishdan boxabar bo’lish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Uyingiz, ishingiz va bolalaringiz doimo nazorat ostida bo’ladi.
Videotelefon aloqa nafaqat yakka shaxslar balki yirik tashkilotlar uchun hamkorining biron bir masala yuzasidan yuz tuzilish ifodasini ko’rish uchun ham juda samaralidir. Ushbu taklif etilayotgan videotelefon xizmatlari Respublika barcha viloyat markazlarini qamrab oladi.
"Ist Telekom" XIKsi tomonidan videotelefon qurilmasini o’rnatganingizdan so’ng videotelefonning barcha imkoniyatlaridan foydalanish imkoniyatiga ega bo’lasiz. Shu bilan birga videotelefonda abonent talabiga binoan O’zbekiston Respublikasi har bir viloyatlariga berilgan telefon raqamlari taklif etiladi. Bundan tashqari viloyat markazlarida huddi poytaxtnikidek raqamlarga (Toshkent shahrining 150-XX-XX raqamlari rejasidan), abonentga kodni termasdan to’g’ridan-to’g’ri ulanish imkoniyatini beradi.
Videotelefon nafaqat "Ist Telekom" MChJ videotelefon tarmoqlari imkoniyatlari bilan chegaralangan balki oddiy audio telefon kabi DTS telefon qurilmalari qo’ng’iroqlarni qabul qilish, uyali qo’ng’iroqlarini qabul qilish va shu bilan birga ularga qo’ng’iroq qilish imkoniyatiga egadir.
Qisqacha qilib aytganda Videotelefon nufuzlidir va vizitkangizda videotelefon raqamining mavjudligi ko’p narsa haqida ma’lumot beradi …
Videotelefon bilan ishlash uchun abonent "Ist Telekom" XIKsi bog’lamasining (keng yo’l-yo’llik modemini ishlatgan holda) raqamli aloqa liniyalarini o’rnatishlari kerak. Shu bilan birga abonent qo’shimcha xizmat sifatida Internet tarmog’iga tezkor ulanish va "Ist Telekom" XIKsi tomonidan analog telefon apparatiga ulanish uchun qo’shimcha telefon raqamiga ega bo’lishi mumkin.
Siz ofisimizga kelgan holda, yoki bo’lmasa telefon raqamlarimizga qo’ng’iroq qilgan holda to’liq ma’lumotlarni olishingiz mumkin: 150-09-09
Ulanish chizmasi
